Сайт тест режимида ишламокда.

Intellektual va Madaniy meros xalqaro jurnali

Intellektual va Madaniy meros xalqaro jurnali

Умумий маълумотлар

Журнал номи

Intellektual va Madaniy meros xalqaro jurnali

Ташкил этилган сана

20 March 2021

Бир йилдаги нашрлар сони

6

Журнал муассиси

"O'ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYI" DAVLAT MUASSASASI

Бош муҳаррир

JANAT ISMAILOVA

Масъул котиб

RASULOVA DURDONA BAXRONOVNA

Веб-сайт

ihm.iscience.uz/index.php/ijich/about

Телефон рақами

+998 (97) 928-09-99

Электрон почта

info@iscience.uz

Журнал таҳририяти манзили

O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

ISSN нашр

2181-2306

ISSN онлайн

2181-2314

Тоифалар

Ilmiy jurnal

Журнал тематикалари

O‘zbekiston va jahonning tarixiy, madaniy, ilmiy-ijtimoiy hamda iqtisodiy merosini o‘rganish, saqlash va zamonaviy tahlil etish

WoS

-

Scopus

-

RINS

-

Архив

Маълумотлар топилмади

Журнал ҳақида маълумот

Elektron jurnalning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, qonunosti hujjatlari, «Ta'lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risidagi qonunlarning ijrosini ta'minlash, professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar, yosh olimlar, magistrantlar hamda soha bo‘yicha band mutaxassislarning ilmiy maqolalari, xabarlari va boshqa ilmiy-tadqiqotlar natijalari bo‘yicha materiallarini nashr etish;

-shuningdek, O‘zbekiston, va umuman  Markaziy Osiyoda  uzoq va yaqin o‘tmishda hamda bugungi kunda ilm-fan, madaniyat sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va natijalar, bu borada muhim rolь o‘ynagan olimlar, madaniyat arboblarining ilmiy – ijodiy merosi,   ularning turli xalqlar va umumjaxon intellektual salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni, zamonaviy intellektual salohiyatni rivojlantirish muammolarini yoritishdan iborat. Eng asosiysi, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yaratilgan “Intellektual va madaniy meros” tarixini o‘rganish hamda uni jurnal nashrlari orqali jahonga tanitishga xizmat qiladi.

Elektron jurnal ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

- internet tarmog‘i orqali elektron tarzda e'lon qilinayotgan maqolalar yuksak professional darajada, ob'ektiv va haqqoniy yondashuv asosida taqrizlangan bo‘lishini ta'minlaydi.

Ommaviy  axborot  vositasining  ixtisoslashuvi:

- ilmiy-ma'rifiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy.

Таҳририят аъзолари

 

“TURKSOY Museum Association”

Javid Movsumlu - “TURKSOY Museums Union” General Coordinator.

Ismailova Jannat – State Museum of History Uzbekistan of the Academy Sciences  Republic of Uzbekistan. Museum Director.

Shirin Malikova – National Art Museum of Azerbaijan. Museum Director.

Rashida Haripova - Central State Museum of Kazakhstan. Museum Director.

Bakashova Jildiz – State Museum Republic of Kyrgyzstan. Museum Director.

Ali Haydar Atalar - 15 July Democracy Museum. Museum Director.

Meretgeldi Chariev - National Museum of Turkmenistan. Museum Director.

Emine Emel - Cyprus Turkish History, Culture and National Struggle Museum. Museum Director.

Liudmila Marin - National Gagauz History and Ethnography Museum. Museum Director.

Бош муҳаррир ҳақида

Tarix fanlari doktori, professor Ismailova Jannat Xamidovna O‘zbekiston ilm-fani va madaniy hayotida o‘ziga xos o‘rin egallagan yetuk tarixshunos va muzeyshunos olimlardan biridir. U o‘zining ko‘p yillik ilmiy faoliyati davomida nafaqat tarix fanini chuqur tadqiq etdi, balki mamlakatimizda muzeyshunoslik yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanishiga mustahkam poydevor yaratdi.

Ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi uni tarix, madaniy meros, etnografiya va shaharlar tarixini o‘rganishga yetakladi. 1988-yilda nomzodlik, 2002-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan olima bugungi kunga qadar 250 dan ortiq ilmiy asarlar yaratib, nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etildi.

J. Ismailovaning eng katta xizmatlaridan biri — O‘zbekistonda muzeyshunoslik ilmiy maktabiga asos solganidir. Uning bevosita ishtirokida respublika bo‘ylab 30 dan ortiq muzeylar tashkil etildi, mavjudlari esa zamonaviy yondashuvlar asosida qayta barpo etildi. U yaratgan ekspozitsiyalar nafaqat tarixni namoyish etadi, balki tomoshabinni o‘tmish bilan muloqotga chorlaydi.

Ustoz sifatida u ko‘plab shogirdlar yetishtirdi: o‘nlab fan nomzodlari va doktorlar uning ilmiy maktabidan yetishib chiqdi. Yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ilmga jalb etish va ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish uning faoliyatining ajralmas qismiga aylangan.

Professor J. Ismailova nafaqat olima, balki tashabbuskor rahbar sifatida ham tanilgan. Uning sa’y-harakatlari bilan muzeylar faoliyatiga zamonaviy yondashuvlar joriy etildi, xalqaro hamkorlik kengaydi va yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan yangi loyihalar hayotga tatbiq etildi. Ayniqsa, bolalar uchun tashkil etilgan muzey uning kelajak avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborining yorqin namunasidir.

Uning fidokorona mehnati munosib e’tirof etilib, bir qator nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan. Jumladan, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni uning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasining ifodasidir.

Bugungi kunda ham Jannat Xamidovna o‘zining boy tajribasi, keng dunyoqarashi va ilmga sadoqati bilan nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki yoshlar uchun ham ibrat bo‘lib kelmoqda.

Мақолаларни қабул қилиш қоидалари

Maqolalar qabuliga qo‘yiladigan talablar

1. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida, tashqi taqriz bilan qabul qilinadi, (UDK ham qo‘yilishi zarur).

2. Muallifga tegishli ma'lumotlar: FISh, ish yoki o‘qish joyi, elektron pochta manzili,  orcid va telefon raqam.

3. Asosiy talablar:

a) maqola mavzusi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);

b) annotatsiya va tayanch so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);

s) maqola matnida quyidagi qismlar alohida keltirilishi zarur:

- Kirish (Introduction),

- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review),

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology),

- Tahlil va natijalar (Analysis and results),

- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

- O‘zbek va rus tillaridagi maqolalarning adabiyotlar qismi ingliz tilida ham berilish zarur.

4. Maqolaning imloviy savodxonligi va uslubiyatiga alohida e'tibor qaratiladi (matnda imloviy xatolar bo‘lmasligi shart).

5. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar nashr etilmaydi.