Сайт тест режимида ишламокда.

“Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali

“Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali

Умумий маълумотлар

Журнал номи

“Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali

Ташкил этилган сана

01 January 1960

Бир йилдаги нашрлар сони

4

Журнал муассиси

OZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI ISHLAR BOSHQARMASI

Бош муҳаррир

BAXROM ABDUXALIMOV

Масъул котиб

OYSARA MADALIYEVA

Веб-сайт

-

Телефон рақами

+998 (56) 565-45-45

Электрон почта

oysara19@gmail.com

Журнал таҳририяти манзили

OʻzR FA “Fan” nashriyoti

ISSN нашр

2181540-2

ISSN онлайн

-

Тоифалар

Ilmiy jurnal

Журнал тематикалари

Ijtimoiy fanlarning rivoji va yutuqlari haqida maqolalarni nashr etiladi.

WoS

-

Scopus

-

RINS

-

Журнал ҳақида маълумот

Jurnal 2006-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligida roʻyxatdan oʻtkazildi. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnomasi 0048. (ISSN 2181540-2)

"Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar" jurnali  Oʻzbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning yutuqlarini yorituvchi– uzoq vaqtdan beri mavjud nashrlardan biri 66 yil. " Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar "ning oʻzbek tilidagi birinchi soni 1960-yilda nashr etilgan.

Maqsad va vazifalar:  oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi ilmiy maqolalarni nashr etish orqali yurtimiz va dunyo ilm ahlini Oʻzbekistondagi ijtimoiy fanlarning rivoji va yutuqlari haqida xabardor etish.

Таҳририят аъзолари

Bosh muharrir: professor B.A. Abduhalimov.

Bosh muharrir oʻrinbosari:  Oysara Madaliyeva.

Tahririyat aʼzolar:

akademik Gʻulomov S.S.

akademik Saidov A.X.

akademik Yusupova D.Yu.

 akademik Ziyo A.H.

professor Qodirov A.M.

professor Mahmudov N.

dotsent Pidayev Sh. 

Бош муҳаррир ҳақида

Abduxalimov Baxrom Abduraximovich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha vitse-prezidenti  (2017-yildan hozirgacha), Abu rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori.

Ilmiy daraja va unvoni: Tarix fanlari doktori, professor

Sohasi: Tarixiy manbashunoslik va fan tarixi.

Tugilgan yili:1959-yil 27-fevaral.

Tugilgan joyi: Toshkent shahri

Ma’lumoti: Oliy, 1982-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (kunduzgi)ni tamomlagan

Diplom boʻyicha mutaxassisligi: Filolog-sharqshunos, Doktoranturada oʻqigan, Liviyada arab tili tarjimoni, OʻzRFA Sharqshunoslik institutidagi ish faoliyatini kichik ilmiy xodim vazifasidan boshlab, ilmiy kotib, katta va yetakchi ilmiy xodim, ilmiy ishlar bo yicha direktor oʻrinbosari va direktor, Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi vitse-prezidenti lavozimlariga koʻtarilgan. Ayni paytda u Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti prorektori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining millatlararo munosabatlar masalalari va din ishlari bo’yicha Davlat maslahatchisi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy-texnik dasturlar shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish bo’limi boshlig’i lavzimlarida ham ishlagan. Hozirda OʻzRFA ijtimoiy fanlar vitse-prezidenti hamda OʻzRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritmoqda

1 ta monografiya,  2 ta risola,  4 ta kitob (hammualliflikda) va 120 dan ortiq maqolalar muallifi.

Hozirga qadar uning  rahbarligida 3 ta fan doktori, 1 ta fan nomzodi, 1 ta falsafa fanlari bo’yicha PhD himoya qilgan,  5 tadqiqotchi oʻz dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda.

Hammualliflikda tayyorlagan “Xorazm Ma’mun akademiyasi” (Quvayt, 2006) nomli risola uchun Kuvaytning “Imom Buxoriy avlodlariga” nomli mukofoti bilan taqdirlangan.

Мақолаларни қабул қилиш қоидалари

Maqola hajmi – 8-12 bet, taqriz maqola – 3 betdan kam bo‘lmasligi lozim.

-maqola matni Doc formatida, lotin yozuvida, 1,5 intervalda, o‘ng tomondan - 15 mm, chap tomondan - 30 mm, yuqori va pastdan - 20 mm hoshiya qoldirilib, Times New Roman 14 kegl shriftda tayyorlanadi;

-maqola nomi 12 so‘zdan ortmasligi va maqola shakllantirilgan til hamda rus va ingliz tiliga tarjima qilingan holatda berilishi lozim;

-maqola annotatsiyasi maqola matnidan keyin, o‘zbek, rus va ingliz tillarida keltiriladi (100 so‘zdan kam bo‘lmasligi lozim);

-annotatsiyadan so‘ng kamida 5-7 ta kalit so‘z berilishi zarur (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

Muallif haqida ma’lumotlar: Maqola nomidan 1 interval pastda, o‘ng tomonda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi qoraytirilgan harflar bilan, keyingi qatorlarda muallifning ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili qiya harflar (kursiv)da ko‘rsatilishi lozim.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: Manba havolasi har bir betning matn ostida, manba muallifi familiyasi va initsiali, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi.

-foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yuqorida qayd etilgan tartibda matnning so‘ngida beriladi.