O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi axborotnomasi

Умумий маълумотлар
Журнал номи
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi axborotnomasi
Ташкил этилган сана
26 November 1960
Бир йилдаги нашрлар сони
4
Журнал муассиси
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING QORAQALPOG'ISTON BO'LIMI
Бош муҳаррир
NAGMET AIMBETOV
Масъул котиб
BAXADIR NARIMBETOV
Веб-сайт
khabarshi-kkb.uz
Телефон рақами
+998 (91) 385-59-95
Электрон почта
info@aknuk.uz
Журнал таҳририяти манзили
230100, O’zbekiston, Qoraqalpog’iston, Nukus sh., Berdax guzari, 41b
ISSN нашр
2091-508X
ISSN онлайн
-
Тоифалар
Axborotnoma
Журнал тематикалари
Qoraqalpog’iston bo’limi ilmiy nashri Respublikada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolarni keng yoritishga yo‘naltirilgan.
WoS
-
Scopus
-
RINS
-
Журнал ҳақида маълумот
«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi axborotnomasi» jurnali ta’sis etuvchisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi hisoblanadi.
“Axborotnoma”ning birinchi soni 26 noyabr 1960 yili nashir etilgan. 2013 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi axborot va aloqa agentligi tamonidan qayta hisobga olingan. ISSN-2091-508X, Reestr №10-3560.
Bosma tili: maqolalar rus, qoraqalpoq, o‘zbek va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Saho, Ixtisoslik: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ilmiy nashri Respublikada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolarni keng yoritishga yo‘naltirilgan.
Jurnalning noyob o‘ziga xosligi: Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi ilmiy jurnal sifatida “Axborotnoma” o‘zining betlarida olimlar tadqiqotlari natijalarini yoritmoqda, Ilim-fanning barcha saholaridagi va Qoraqalpog’istonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi yangidan-yangi ishlanmalarni chop etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida o‘tkazilayotgan xalqaro va respublika anjumanlari materiallarini jurnalning mahsus sonlarida chop etishni amaliyotga aylantirgan.
Таҳририят аъзолари
|
Bosh muharrir: Ayimbetov N.K. - akademik, iqtisod fanlari doktori, professor Bosh muharrir o‘rinbosari: Narymbetov B.J., fizika-matematika fanlari nomzodi. Tahririyat a'zolari: |
|
|
Karajanov S.J., fizika-matematika fanlari doktori, professor (Norvegiya); Qudaybergenov K.K., fizika-matematika fanlari doktori, professor; Tleumuratova B.S., fizika-matematika fanlari doktori, professor; Utebaev D., fizika-matematika fanlari doktori; Reymov A.M., texnika fanlari doktori, akademik; Rafikov V.A., geografiya fanlari doktori; Erkaev A.U., texnika fanlari doktori, professor; Aimbetov I.K., texnika fanlari doktori; Bauatdinov S., texnika fanlari doktori, professor; Turemuratov Sh.N., kimyo fanlari doktori, professor; Zakirov B.S., kimyo fanlari doktori, professor; Tojibaev K.Sh., biologiya fanlari doktori, akademik; Abdullaev I.I., biologiya fanlari doktori, professor;
Mambetullaeva S.M., biologiya fanlari doktori, professor; |
Markov M.V., biologiya fanlari doktori, professor (Rossiya); Qabulov M.K., tibbiyot fanlari doktori, professor; Ziyadullaev N.S., iqtisod fanlari doktori, professor (Rossiya); Trostyanskiy D.V., iqtisod fanlari doktori; Djumashev A.M., tarix fanlari doktori, professor; Beknazarov R.A., tarix fanlari doktori (Qozog‘iston); Karlibaev M., tarix fanlari doktori,professor; Kurbanova Z.I., tarix fanlari doktori, professor; Nurjanov S.U., tarix fanlari doktori, professor; Iskanderova A., tarix fanlari nomzodi; Niyazimbetov M.K., falsafa fanlari doktori, professor; Alnyazov A.I., filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenova Z.U., filologiya fanlari doktori, professor; Najimov P.A., filologiya fanlari doktori, professor;
Palymbetov K.S., filologiya fanlari doktori,professor. |
Бош муҳаррир ҳақида
Aimbetov Nagmet Qallievich
Tug‘ilgan sanasi: 1955-yil 16-sentyabr
Tug‘ilgan joyi: Nukus sh., Qoraqalpog’iston Respublikasi
Yo‘nalishi: Iqtisodiyot
Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi
Iqtisod fanlari doktori, akademik.
Toshkent davlat universitetini 1977-yil tamomlagan.
O‘zR FA QQB HM direktori, O‘zR FA QQB Orolbo‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolari instituti direktori, O‘zR FA QQB raisi, O‘zR FA QQB Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida ishlagan.
170 dan ortiq ilmiy mehnatlar muallifi.
4 nafar fan doktori va 9 nafar fan nomzodi tayyorlagan.
2009 y Qoraqolpog'iston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi
2012 y. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofatlangan.
Мақолаларни қабул қилиш қоидалари
1. Tahririyat qogʻoz shaklida (2 nusxada) va elektron variant bilan birga taqdim etilgan materiallarni quyidagi hajmda koʻrib chiqadi:
- maqola – 6 betdan 15 betgacha;
- sharh, taqriz, axborot – 6 betdan oshmasligi kerak;
- boshqa materiallar – tahririyat bilan kelishilgan holda.
2. Material hajmini aniqlashda quyidagi parametrlarga amal qilinadi:
- matn oq standart A4 qogʻozda (210×295 mm), 14 mshrift, 1,5 interval bilan terilishi lozim;
- maydonlar: chapdan – 3 sm, yuqori, o‘ng va pastdan – 2 sm;
- elektron variant RTF formatida taqdim etilishi kerak.
3. Materiallar quyidagi talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi:
a) matn Microsoft Word 97 matn muharririda terilishi kerak; RTF formatini qoʻllab-quvvatlovchi boshqa dasturlardan (jumladan OpenOffice) foydalanish mumkin, shrift – Times New Roman;
b) qoraqalpoq va oʻzbek tillaridagi maqolalar Unicode kodirovkasida (Times New Roman) terilishi lozim, qoraqalpoq va oʻzbek alifbosidagi harflarni tashqi koʻrinishi oʻxshash kirill yoki lotin belgilariga almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. ABD, Bodo, Pragmatica KRKP va shunga oʻxshash shriftlarda terilgan materiallar qabul qilinmaydi;
v) birinchi sahifada UDK indeksi, maqola nomi, muallif(lar)ning ismi-sharifi (inisiallari va familiyasi), muassasa nomi ko‘rsatiladi; maqola oxirida barcha mualliflarning imzolari va telefon raqamlari beriladi;
g) maqolaga oʻzbek, rus va ingliz tillarida rezume (har bir tilda kamida 20 satr) ilova qilinishi shart. Rezumeda maqola nomi, mualliflarning F.I.Sh. va tashkilot nomi uchala tilda keltiriladi. Rezumesiz maqolalar qabul qilinmaydi;
d) matematik formulalar Equation Editor ichki formula muharriri yordamida kiritilishi kerak. Kimyoviy struktur formulalar grafik obyekt sifatida matnga joylashtiriladi yoki WMF formatida ilova qilinadi. Blok-sxemalar, matematik va kimyoviy formulalarni bir necha qatordagi oddiy belgilarni qo‘lda tekislash orqali terishga yo‘l qo‘yilmaydi. Matnni ortiqcha obyektlar bilan yuklamaslik tavsiya etiladi, ya’ni yunon alifbosi harflari, o‘zgaruvchilar va boshqalar maxsus belgi qo‘shish yoki shrift turini o‘zgartirish orqali kiritilishi lozim;
e) tahririyatning poligrafik imkoniyatlari cheklanganligi sababli mualliflardan yarim tonli illyustratsiyalardan (fotosuratlar, kompyuter ekranidan nusxalar va hokazo) foydalanmaslik, ularni chiziqli rasmlar bilan almashtirish so‘raladi. Illyustratsiyalar Word hujjatiga joylashtirilmasdan, alohida grafik fayllar ko‘rinishida topshirilishi kerak;
j) maqola matnida har bir rasm va jadvalga havola bo‘lishi shart;
z) foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati ularga matnda berilgan havolalar ketma-ketligi asosida tuziladi. Matnda adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida raqamlar bilan beriladi. Dissertatsiyalar va ularning avtoreferatlariga havola berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bibliografik tavsif quyidagicha beriladi:
- monografiyalar uchun – muallif familiyasi va inisiallari, asar nomi, shahar, nashriyot, yil;
- jurnallardagi maqolalar uchun – muallif familiyasi va inisiallari, jurnal nomi, yil, tom va son, sahifalar;
- to‘plamlardagi maqolalar uchun – muallif familiyasi va inisiallari, to‘plam nomi, shahar, nashriyot, yil, tom va son, sahifalar.
i) oxirgi sahifada muallif(lar) materialni majburiy ravishda imzolaydi. Shu yerda quyidagilar keltiriladi:
- muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi (to‘liq);
- lavozimi va ish/o‘qish joyi (fakultet, OTM, muassasa nomlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda);
- ilmiy darajasi (mavjud bo‘lsa);
- aniq aloqa ma’lumotlari:
- xizmat yoki uy manzili (indeksi bilan);
- telefon(lar) va faks (kodlari bilan);
- elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
k) mustaqil izlanuvchilar va magistrantlarning materiallari tegishli ravishda OTM kafedralari, bo‘limlari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari sektorlarining tavsiyasi mavjud bo‘lganda qabul qilinadi.
4. Tayyorlangan materiallar muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgandan so‘ng OʻzR FA Qoraqalpogʻiston bo‘limi maxsus seminarlarining kotiblari tomonidan tahririyatga topshiriladi.
5. Maqolaga quyidagi ilova hujjatlar biriktiriladi:
- muassasa rahbari imzosi bilan Bosh muharrir nomiga yo‘llangan rasmiy xat;
- muassasa bo‘limlari yig‘ilishida maqola muhokamasi bayonnomasidan muhr bilan tasdiqlangan ko‘chirma;
- tegishli mutaxassislik bo‘yicha ikki nafar olimning (fan nomzodi va fan doktori) taqrizi, ilmiy muassasa muhri bilan tasdiqlangan;
- muhr bilan tasdiqlangan ekspertiza dalolatnomasi.
7. Maqolalar yuqorida ko‘rsatilgan talablar to‘liq bajarilgandan so‘ng qabul qilinadi va tahririyat xodimi tomonidan sinchkovlik bilan ko‘rib chiqilib, yuzaga kelgan savollar hal etilgach ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Talablarga rioya qilinmagan taqdirda yuborilgan materiallar ko‘rib chiqilmaydi.
Nashrga qabul qilinmagan materiallar va fotosuratlar mualliflarga qaytarilmaydi.








