«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» ilmiy jurnali

Умумий маълумотлар
Журнал номи
«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» ilmiy jurnali
Ташкил этилган сана
04 January 2018
Бир йилдаги нашрлар сони
2
Журнал муассиси
OZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI ISHLAR BOSHQARMASI
Бош муҳаррир
FERUZA USAROVA
Масъул котиб
NARGIZA ABDUSATTAROVA
Веб-сайт
tmarkaz.uz
Телефон рақами
+998 (71) 233-37-01
Электрон почта
uzconhistory@academy.uz
Журнал таҳририяти манзили
100060, O'zbekiston, Toshkent, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5 uy,
ISSN нашр
2181-8231
ISSN онлайн
-
Тоифалар
Fanlararo ilmiy-nazariy jurnali
Журнал тематикалари
Jurnalda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqea va jarayonlarga bag‘ishlangan, ularning mazmun-mohiyatini yorituvchi tahliliy materiallar e’lon qilinadi.
WoS
-
Scopus
-
RINS
-
Архив
Журнал ҳақида маълумот
O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» Respublika fanlararo ilmiy-nazariy jurnali (ISSN 2181-8231).
«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» fanlararo ilmiy-nazariy jurnalining ta’sischilari: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi.
Jurnal 2018-yildan nashr qilina boshlandi, 2017-yil 29-avgustda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan. (Guvohnoma № 0848).
«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali bir yilda ikki marotaba nashr qilinadi.
Maqolalar tahrir hay’ati a’zolari tomonidan ilmiy mezonlar (yangiligi, dolzarbligi, ahamiyati va h.k) asosida taqriz qilinadi.
Nashr tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Jurnalning maqsadi va vazifalari. Jurnalda O‘zbekistonning ijtimoiy-ciyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqea va jarayonlarga bag‘ishlangan, ularning mazmun-mohiyatini yorituvchi tahliliy materiallar e’lon qilinadi. Shuningdek, nashrda eng yangi tarixni tadqiq etishning xorij tajribasini o‘rganish masalalari ham o‘rin oladi. Maqolalar tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalarga O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishga ilmiy-metodik jihatdan ko‘mak beradi. Chop etilgan ishlar o‘quvchilarda mamlakat tarixiga oid haqqoniy va chuqur bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Таҳририят аъзолари
Bosh muharrir:Feruza Usarova, siyosiy fanlar nomzodi, katta ilmiy xodim
Bosh muharrir o'rinbosari: Nodira Mustafayeva, tarix fanlari doktori, professor
Tahrir hay'ati:
Akbar Xakimov, akademik, san'antshunoslik fanlari doktori, professor
Anatoliy Sagdullayev, akademik, tarix fanlari doktori, professor
Akmal Saidov, akademik, yuridik fanlari doktori, professor
Dilorom Alimova, tarix fanlari doktori, professor
Mirzoxid Raximov, tarix fanlari doktori, professor
Grigoriy Glizin (Gregory Gleason), fan doktori
Valentina Komleva, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Izabel Oxayon (Isabelle Ohayon), fan doktori
Sanjay Pandey (Sanjay Pandey), fan doktori
Alikber Alikberov, tarix fanlari doktori, professor
Vladimir Paramonov, siyosiy fanlari doktori
Guli Yuldasheva, siyosiy fanlari doktori
Ra'no Tursunova, tarix fanlari doktori
Lyudmila Yugay, yuridik fanlari doktori
Askar Djumashev, tarix fanlari doktori
Xayriya Buriyeva, tarix fanlari doktori
Nodirbek Rasulov, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Farxod Primov, yuridik fanlari doktori
Sevara Pulatova, tarix fanlari nomzodi, professor
Dilshod Aberkulov, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Nilufar Mannanova, sotsiologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD)
Sanobar Tolibova, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Azamat Amirov, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Бош муҳаррир ҳақида
Usarova Feruza Xalmatovna
1968-yil 30-dekabr Samarqand shahrida tavallud topgan.
Mutaxassiligi: tarix va jamiyatshunoslik
Ish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori v.b.
siyosiy fanlar nomzodi (2008), katta ilmiy xodim(2019)
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti (1985–1990), kunduzgi bo‘lim aspirantura (1990–1993), SamGU arqand davlat universiteti “Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi(1993), Toshkent shahridagi 160-son litsey-maktab maʼnaviyat va maʼrifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ( 1998–2001), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri va dotsenti (2002–2018), O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda bo‘lim mudiri (2019), markazda direktor o‘rinbosari (2021), markaz direktori v.b. (2022).
F.Usarova O‘zR Prezidentining 2021-yil 30-maydagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti rahbariyati tomonidan, 2023-yil O‘zR yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi normalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtiroki uchun O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri va Markaziy Saylov komissiyasi raisi tomonidan tashakkurnoma bilan hamda 2023-yil Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan "Maʼnaviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Мақолаларни қабул қилиш қоидалари
Maqolalar uch tilda – o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Maqola Microsoft Word matn muharririda yoki RTFda yozilgan 1 interval, Times New Roman shriftidagi 12 betdan kam bo‘lmagan (obzor maqolalar 20 betgacha) matn holida bo‘lishi zarur. Varaqning yuqorisi va pastidan – 2 sm, chap tomonidan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, xatboshida 1,25 sm joy qolishi kerak. Jadvallar, rasmlar va adabiyotlar bilan birgalikda barcha sahifalar raqamlanadi. Jadvallar va rasmlar (oq-qora) matn ichiga joylanadi.
2. Jurnal tahririyatiga mualliflar hamda maqolaning nomlanishi ko‘rsatilgan holda bosma nusxasi va elektron shakli topshiriladi. Maqola elektron pochta orqali yuborilishi mumkin. Qo‘lyozma mualliflar tomonidan imzolangan va barcha hujjatlar bilan taqdim etiladi: maqola, maqolaga tashqi va ichki taqrizlar (1 nusxadan).
3. Maqolani rasmiylashtirish tartibi: maqolaning nomlanishi; mualliflarning ismi, familiyasi, otasining ismi, ilmiy darajalari; tashkilot(lar) nomi; mualliflardan birining e-mail pochtasi; o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya (200-300 so‘z) va kalit so‘zlar; maqola matni (kirish, materiallar va metodlar, natijalar, xulosa), adabiyotlar ro‘yxati (ARA uslubida rasmiylashtirilgan).
4. Maqolalar Toshkent sh., Shahrisabz tor ko‘chasi, 5 uy, 8-qavatida qabul qilinadi. Telefon: +99871 233-37-01.
Elektron pochta: uzconhistory@academy.uz
Jurnal maqolalari ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy mezonlarga mos kelishi kerak.
Shu maqsadda,
- mavzu dolzarb va amaliy xarakterda bo‘lishi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha nazariy yondashuvlarning obzori taqdim etilishi;
- nazariy bahs bo‘yicha muallifning mustaqil munosabati akslanishi;
- nazariy obzor tadqiqot javob beradigan aniq savollar bilan tugallanishi;
- maqolada muallifning shaxsiy gipotezasi ifodalanishi;
- muallif foydalanayotgan tadqiqot metodologiyasi aniq belgilanishi va asoslanishi;
- tadqiq etilayotgan muammo bayoni ilgari surilayotgan gipoteza doirasidan chiqmasligi;
- o‘rganilayotgan hodisa/ jarayonlarning nafaqat tavsifi (qanday?), qolaversa, sabablari (nimaga?) taqdim etilishi;
- maqolada tadqiqot savollariga javob berishga ko‘maklashadigan ma’lumotlar bo‘lishi;
- foydalanilayotgan manbalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi;
- maqolada zaruratga qarab, milliy va xorijiy tashkilotlarning so‘nggi statistik ma’lumotlari o‘rin olishi;
- tadqiqot yangiligi bilan ajralib turishi kerak.
Taqrizlar mualliflari ilmiy tadqiqotni quyidagi mezonlar asosida tahlil qilishlari kerak: dolzarblik darajasi, metodologiya, tanlangan strukturaning mantiqiyligi, asosiy tezisning isbotlanganligi, ma’lumotlar va xulosalarning ishonchliligi hamda boshqa.
Ilmiy maqolalarni yozish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va foydali adabiyotlarni Markaz vebsaytida topish mumkin (http://www.tmarkaz.uz).





