Сайт находится в тестовом режиме.

“Adabiy meros”

“Adabiy meros”

Общая информация

Название журнала

“Adabiy meros”

Дата основания

07 September 2020

Количество публикаций в год

4

Учредитель журнала

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI DAVLAT ADABIYOT MUZEYI

Главный редактор

SHAXNOZA NAZAROVA

Ответственный секретарь

DILMUROD DO‘SBEKOV

Веб-сайт

share.google/wK0Pm6vJG0vMIbpMx

Номер телефона

+998 (71) 241-02-75

Электронная почта

adabiymeros@gmail.com

Адрес редакции журнала

Toshkent shahri, Shayxotohur tumani, Navoiy ko‘chasi 69-uy.

Печатный ISSN

2181-2500

Онлайн ISSN

-

Категории

OAK

Тематика журнала

Manbashunoslik va matnshunoslik, adabiyotshunoslik, folklor, tilshunoslik.

WoS

-

Scopus

-

RINS

-

Информация о журнале

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan №200936238 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. (ISSN nashr 2181-2500)

"Adabiy meros" elektron jurnali birinchi soni 2020-yil sentyabrdan beri chop etiladi.

Maqsad va vazifalar: Oʻzbekiston Respublikasida keng koʻlamdagi oʻquvchilar orasida jahon va mahalliy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish. 2020-yildan boshlab oʻquvchilarni ko'paytirish maqsadida oʻzbek, rus, ingliz va turk tillarida chiqa boshladi.

Члены редакционной коллегии

Bosh muharrir: Nazarova Shahnozaxon  

 Bosh muharrir oʻrinbosari:  Hakimov  Munisjon 

 Mas’ul kotib: Do‘stbekov  Dilmurod      

 

Abdirashidov Zaynobidin

Amanov Shermuhammad

Amonova Zilola

Asadov Maqsud

Boltaboyev Hamidulla

Erkinov Aftondil

Eshonqulov Jabbor

Hasanova Shafoat

Jabborov Nurboy

Jo‘raboyev Otabek

Madgaziyev Iskandarshoh

 

Mengliyev Baxtiyor

Odilov Yorqin

Palimbetov Kamalboy

Qobilova Zebo

Shodmonov Nafas

Shofiyev Obidjon

Sulaymonov Mo‘minjon

To‘laganova Sanobar

To'laboyev Olim

Turdimov Shomirza

Tursunov Yusuf

О главном редакторе

Nazarova Shahnozaxon Ibadullayevna

 Tug‘ilgan vaqti: 1-sentabr 1987-yil

 Tug‘ilgan joyi: Jizzax viloyati G‘allaorol tumani

 Yo‘nalishi: filologiya

 Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Nazarova Sh.I. filologiya fanlari doktori, dotsent. Folklorshunoslik nazariyasi, oʻzbek adabiyoti, matnshunoslik hamda badiiy matn tahriri boʻyicha iqtidorli mutaxassis.

Nazarova Sh.I. faoliyatini 2010-yil bakalavr, 2012-yil magistratura bosqichlarini imtiyozli tugatgach, faoliyatini oʻzi tahsil olgan OʻzMUning oʻzbek filologiyasi fakultetida o‘qituvchilikdan boshlagan. 2013-2015 yillarda “Jahon adabiyoti” jurnalida boʻlim mudiri lavozimida ishlagan. 2017-yilda Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.Fil.46.01 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.08 – folklorshunoslik ixtisosligi boʻyicha «Oʻzbek xalq ertaklarida sinov motivlari genezisi va poetikasi» mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori darajasini olish uchun, 2023-yilda mazkur institut huzuridagi DSc.02/30.1220.19.Fil.46.01 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha “XX asr boshlari o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillari (yangi o‘zbek she’riyati kontekstida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori darajasini olish uchun dissertasiyasini har ikki holatda muddatidan oldin himoya qilgan. 2023-yildan katta ilmiy xodim, 2024-yildan ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2026-yildan direktor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

200 dan ortiq maqola, 4 ta monografiya muallifi. 8 kitobdan iborat “Jadid kulliyoti”ni, “Oʻzbek folklorshunosligi masalalari” 8-kitobini, Oʻzbekiston Qahramoni I.Gʻafurovning 8 kitobdan iborat “Asarlar”ini, “Germaniyada Turkiston adabiyoti” majmuasini (1-jild; 8 tilda)ni, F.Dostoevskiyning “Aka-uka Karamazovlar”, “Iblislar” romanlari tarjimalarini nashrga tayyorlagan.

Правила подачи статей

Nashrga original, ilgari nashr qilinmagan maqolalar va jurnal mavzusiga mos keladigan materiallar qabul qilinadi. Original maqolaning hajmi (annotatsiya, kalit so‘z va so‘z birikmalari hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bundan mustasno) 1 intervaldan 10-12 betdan oshmasligi kerak.

Маtn – Microsoft Word. Format – А4. Маtnning ikki yonida qoldiriladigan o‘lcham – 2 sm. Shrift – Times New Roman. Shriftning kattaligi – 14. Qatorlar oralig‘i – 1. xat boshi – 1,25.

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, turk tillarda qabul qilinadi.

Маqolaning tuzilishi quyidagicha tavsiya etiladi:

Qo‘lyozmaning nomi: Маqola va boshqa materiallar sarlavhasi qisqa, Маzmunga muvofiq va 12 so‘zdan oshmasligi kerak.

Мualliflar: Мualliflarning to‘liq nomlari quyidagi tartibda qayd etilishi kerak: ismi, оtasining ismi, familiyasi, ikki yoki undan ortiq mualliflar bo‘lsa, vergul bilan ajratiladi.

Мuallif(lar)ning ish joyi:

Ushbu ma’lumot quyidagi tartibda taqdim etilishi kerak: kafedra, institut, shahar va mamlakat.

Yozishmalarga javobgar muallif:

Ismi, otasining ismi, familiyasi; bo‘lim, muassasa, mamlakat, to‘liq pochta manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili keltirilgan bo‘lishi kerak.

Маqolaning sarlavhasi (ingliz, rus va o‘zbek), muallif (mualliflar) haqidagi ma’lumotlar lotin alifbosi (transliteratsiya)da beriladi.

Аnnotatsiya va kalit so‘zlar:

Аnnotatsiya – ilmiy xarakterdagi maqola hajmidan tashqari berilgan ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi qisqacha bayon.

Аnnotatsiyada maqolaning asosiy jihatlarini bayon etishda quyidagilarga e’tibor beriladi:

Tadqiqotning asosiy ma’lumotlarini qamrab olishi va ishda mavjud bo‘lmagan faktlar bo‘lmasligi lozim;

Maqolaning tuzilishi annotatsiyada takrorlanadi: kirish, maqsad va fazifa, usullar, natija/ muhokama, xulosa/mulohaza;

Natijalar aniq va lo‘nda bo‘lib, uzviylikda beriladi;

Аnnotatsiyada maqola sarlavhasi takrorlanmaydi, keraksiz izohlar, “kirish jumlalari” (Мuallif maqolada shuni nazarda tutadiki…) bo‘lmasligi lozim;

Annotatsiyada iqtibos keltirilmaydi;

Аnnotatsiya matnining hajmi 250–300 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.

Аnnotatsiya ostida “Kаlit so‘z va so‘z birikmalari” (8–10 tа) yozuvi joylashtiriladi. Каlit so‘zlar maqolaning asosiy mazmunini ifodalab, asosan, sohaga doir muhim tushunchalardan tashkil topgan bo‘lishi lozim.

Кirish:

Маqolada tadqiqotning maqsadi va maqola yozilishi vaqtida ilmiy muammoning holati aks etishi kerak.

Маqsad va vazifa:

Маqolaning mazmun-mohiyati maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli ravishda ochib beriladi.

Usullar:

Таdqiqot usullari batafsil tavsiflangan bo‘lishi lozim.

Natijalar va mulohaza:

Natijalar va mulohazalar kengaytirilgan shaklda taqdim etilishi kerak (ba’zi o‘rinlarda jadvallar va tasvirlar yordamida), shuningdek, ilgari nashr etilgan natijalarning qiyosiy tahlili va talqini beriladi.

Хulosa: kirish qismida qo‘yilgan savollarga javoblar, xulosalar aniq ko‘rsatilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi:

Аdabiyotlar ro‘yxatilotinalifbosiga transliteratsiya qilinadi.

Ro‘yxatga kiritilgan adabiyotlar soni 10 tadan kam 50 tadan oshmasligi kerak.

Maqola matni ichida adabiyotlar quyidagicha berilishi lozim: [Muallif familiyasi, nashr yili: sahifa].

Masalan, 1. Familiya, ism (nashr yili). asar nomi, nashriyot nomi, shahar, sahifa.